Buyurtma berish
Наши туры:
Ariza berish uchun kontakt maʼlumotlaringizni toʻldiring
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
uy/Bizning sayohatlarimiz/turlarimiz/Sharq ertagi – 5 kun, 4 kecha (2023) Toshkent - Samarqand - Toshkent - Chimyon - Toshkent

Sharq ertagi – 5 kun, 4 kecha (2023) Toshkent - Samarqand - Toshkent - Chimyon - Toshkent

screenshot_1

1-kun. Toshkent.

Toshkentga uchib kelish, ism yozilgan belgi bilan kutib olish.
Mehmonxonaga yetib kelish, joylashish.
Mehmonxonada tunash.

2-kun. Toshkent - Samarqand (tezyurar poyezdda).

Mehmonxonada nonushta.
Temir yo'l vokzaliga yetib borish va Samarqandga jo'nash.
10:10 da yetib kelish.
Samarqand bo'ylab ekskursiya dasturi:

  • Samarqandning eng yirik bozor Siyob bozoriga ertalabki tashrif.
  • Esdalik sovg'alari va sharqona shirinliklarni xarid qilish uchun bo'sh vaqt.
  • Goʻri Amir maqbarasi – Amir Temur maqbarasi (14—15-asrlar) — Amir Temur, uning oʻgʻillari va nevaralari dafn etilgan joy. Registon maydoni Markaziy Osiyodagi shaharsozlik sanʼatining yorqin namunalaridan biri boʻlib, XVII asrda kelib to’la shakllangan va uchta madrasadan iborat – Ulugʻbek (1417-1420), Sher-Dor (1619-1636) va Tilla Qori (1647-1660) madrasalari). Bu yerda Samarqandning bir necha ming yillik tarixini “sahifalarini varaqlash” mumkin.
  • Bibixonim masjidi Markaziy Osiyodagi va butun islom olamidagi eng katta masjidlardan biridir. Shaharga kirgan har qanday inson hayratlangan nigohini aynan shu inshootga qaratadi. Ulkan, ulug'vor, sokin...
  • Shoxi-Zinda meʼmoriy majmuasi (11—15-asrlar) — Nemuriylar davridagi podshoh oila vakillari va zodagonlar dafn etilgan joy. Ammo nekropol boshlanadigan asosiy maqbara sifatida Muhammad payg'ambarning amakivachchasi Qusam Ibn Abbosning tahminiy qabri hisoblanadi. Uni aynan “Shohi Zinda” deb atashgan, bu fors tilida “tirik podshoh” degan ma’noni anglatadi.
  • Bo’sh vaqt.
  • Mehmonxonada tunash.
screenshot_1

3 kun. Samarqand - Toshkent (tezyurar poyezdda).

Mehmonxonada nonushta.
Ekskursiyaning davomi:

  • Ulugʻbek rasadxonasi (15-asr) – Mirzo Ulugʻbekning ko’plab ilmiy asarlari uning o’zi Samarqandda barpo ettirgan ushbu noyob rasadxona tufayli yaratilgan. Asosiy statsionar asbob diametri 48 metr bo'lgan silindrsimon bino ichiga joylashtirilgan ulkan kvadrant bo’lgan (poydevor qoldiqlari, aniqrog'i, undagi xandaklar arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan).
  • Doniyor payg'ambar maqbarasini ziyorat qilish.
  • 16:00da temir yo'l vokzaliga borish va 17:00da jo'nab ketish.
  • 19:10da yetib kelish, mehmonxonada joylashish.
  • Dam olish uchun bo'sh vaqt.
  • Mehmonxonada tunash.
55132466_2

4 kun. Toshkent - Chimyon - Toshkent 

  • Mehmonxonada nonushta.
  • Chimyon tog'lariga tomon yo’lga chiqish. Toshkentdan avtomashinada Chimyon togʻlari yoʻnalishida joʻnab ketish (80 km, yoʻlda taxminan ikki soat). Chimyon tog‘lari tomon yo‘l Toshkent viloyatining so‘lim maskanlaridan o‘tadi. Agar uzunligi uch kilometrdan ortiq bo‘lgan Beldersoy darasidagi arqon yo‘li ishlayotgan bo‘lsa, O‘zbekistondagi eng uzun chang‘i yo’lagi joylashgan Kumbel tog‘ining cho‘qqisiga (2400 metr) chiqishingiz mumkin.
  • Bo'sh vaqt (arqon yo'liga chiqish, kvadrosikl va ot minish).
  • Toshkentga qaytish.
  • Mehmonxonada tunash

5 kun. Toshkent.

Mehmonxonada nonushta.
Eski shahar bo'ylab sayohat:

  • Xasti Imom majmuasini ziyorat qilish: Barak Xon madrasasi, Tilla Shayx masjidi - mashhur Qur'on Usmon va Muhammad payg'ambarning oltin sochlari saqlanadigan joy.
  • Chorsu bozori va suvenir do‘konlarida xaridlar qilish uchun bo‘sh vaqt.
  • Zamonaviy shahar bo‘ylab sayr: Amir Temur maydoni; Temuriylar davlat muzeyi; markazida buyuk sarkarda Amir Temur haykali o‘rnatilgan Amir Temur maydoni bo‘ylab sayr.
  • 18:30da aeroportga borish va uchib ketish.

Mehmonxonalarda ro'yxatdan o'tish 14:00dan so’ng, chiqish 12:00dan oldin amalga oshiriladi.
Barcha erta / kech ro’yxatdan o’tish / ketishlar uchun mehmonxona ma'muriga joyida to'lanadi

USHBU RAQAMGA QO’NG’IROQ QILING
MANZILIMIZ
O’zbekiston, Toshkent,
Sirg’ali tumani,
Yangi Sirg’ali ko’chasi, 1
/
4
/
4
On-layn buyurtma
Ariza qoldirish uchun kontakt maʼlumotlaringizni toʻldiring
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо!
Форма отправлена
Оставить заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста, заполните свои контактные данные
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Спасибо! Форма отправлена