Bir kishi uchun narx: 3-yulduzli mehmonxona, ikki kishilik xona, 900 dollardan.
Bir kishi uchun narx: 4-yulduzli mehmonxona, ikki kishilik xona, 950 dollardan.
Tavsif:
Xiva bo'ylab sayohat paytida siz ikkita minorani ko'rishga muyassar bo’lasiz - eng balandi Islom Xo'ja, eng past bo’yligi esa Kalta minordir. Ularning raqobati tarixi Injil qahramonlari bilan bog'liq bo'lgan ushbu shaharning o'ziga xos me'moriy qiyofasini yaratadi.
Mahalliy aholining mehmondo‘stligi qadimiy o‘zbek zaminining qalbiday iliq bo‘lgan Buxoro shahri bo‘ylab sayohat Islom madaniyati markazining shakllanishi, iftixorli amirlikning o’z istiqloli uchun olib borgan ko‘p asrlik kurashi haqida hikoya qiladi. Bu yerda Buxoro hunarmandchilik maktabining o‘nlab asrlar davomida noyob texnikasi shakllangan.
Buxoro tarixini cho‘lliklarga qarshi kurashidan ajratib bo‘lmaydi – siz Buxoro shaharsozlik xususiyatlari va nima uchun aynan ushbu O‘zbekiston shahrida Chashmai Ayub muzeyi, ya’ni suv muzeyi mavjudligi haqida bilib olasiz. Kichik bir ishora: muzeylarda nimani saqlash odatiy holdir? Asosiy xazina boyloklarini.
Samarqand ekskursiyasi va uning firuza rangli ayvonlari yilnomasi miloddan avvalgi VIII-asrdan beri davom etib kelayotgan bu O‘zbekiston shahri haqida hikoya qilib beradi. Tasavvur qiling-a, xuddi shu zamonda Yunonistonda birinchi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tgan va Homer o'zining "Iliada" shoh asarini yaratgan.
Temuriylar davridan beri “Arslon va Quyosh” Samarqandning ramzi boʻlib kelgan, ammo o’sha zamonda Zarafshon vodiysida afsonaviy qaqnus (feniks) topilganda, ular Marokandaning (shaharning yunoncha nomi) homiysiga aylanishi turgan gap edi. Turli bosqinchilarning hujumlari tufayli viqori va chiroyi ko‘p marta yer bilan yakson bo’lgan Samarqand xuddi afsonaviy qushdek har gal yanada go‘zalroq bo’lib yuksalib qaddini ko’tardi.
Toshkent ekskursiyasi Turkiston tarixining kichik bir aksi sifatida Rossiya imperiyasining ko’p asrli mahalliy aholi turmush tarziga ta'siri va O‘zbekistonning bugungi poytaxtida zardo’shtiylar otashga sajda qilgan qadimgi davrlar haqida hikoya qiladi. Toshkent bo'ylab sayohat sizga Sovet davri merosining yagona nazarda tanisa bo’ladigan yodgorliklarini – sobiq ittifoqning har bir shahrida qad ko’targan - mehmonxona va binolarni ko'rsatadi. Toshkent Ipak yoʻlining savdo anʼanalarining saqlovchisi boʻlib, Oʻzbekiston poytaxtida ikkita yirik sharq bozorlari – Chorsu va Oloy bozorlari - mavjud boʻlib, ular oʻsha ulugʻvor davrning guvohlaridir
Marshrut / Yo’nalish:
Dastur quyidagilardan iborat:
• Ko'rsatilgan mehmonxonalarda joylashish (yoki darajasi bo'yicha bir xil) ikki kishilik (yashash joyini ro'yxatdan o'tkazish).
• Ovqatlanish: mehmonxonalarda nonushta + cho'lda kechki ovqat
• Butun yo'nalish davomida qulay konditsionerli transport
- 1-2 kishi – to’rt o’rindiqli yengil avtomashina
- 3-7 kishi – o’n o’rindiqli miniven
• Aeroportda kutib olish / kuzatish
• Samarqand - Toshkent temir yo'l chiptasi (Afrosiyob yoki Shark poyezdlari), ekonom klass
• Rus tilida tuli me’moriy inshootlar va yodgorliklarga ekskursiya
• Dasturga muvofiq barcha shaharlardagi ekskursiyalar uchun mahalliy gid-yo’lboshlovchilar
• Yaxshi kayfiyat va a’lo darajali xizmat :)
Narxga quyidagilar kiritilmagan:
• Xalqaro aviachipta
• Hamrohlik qiluvchi gid
• Ko'rsatilgan yodgorliklarga kirish chiptalari. To'lov joyida amalga oshiriladi
• Spirtli va salqin ichimliklar
• Ovqatlanish (tushlik va kechki ovqat)
• Viza to’lovi va vizani ko'rib chiqish uchun to’lovlar
• Muzeylarda foto va videoga olish uchun to‘lovlar
• Choy puli va mehmonxona / aeroportda yuk tashuvchilarga to’lovlar
• Shaxsiy xarajatlar
• Yuqorida ko’rsatilmagan boshqa xizmatlar
Mehmonxonalarda ro'yxatdan o'tish 14:00dan keyin, chiqish 12:00dan oldin amalga oshiriladi.
Barcha ertaroq / kechroq kelish / ketishlar mehmonxona ma'muriyatiga joyida to'lanadi.
Narxlar o’zgaruvchan va mavsum, aviakompaniya va temir yo'l tariflariga bog'liq.