Buyurtma berish
Наши туры:
Ariza berish uchun kontakt maʼlumotlaringizni toʻldiring
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
uy/Bizning sayohatlarimiz/turlarimiz/Poyezdlarda O‘zbekiston bo’ylab sayohat - 6 kun, 5 kecha Toshkent - Samarqand - Buxoro (2023)

Poyezdlarda O‘zbekiston bo’ylab sayohat - 6 kun, 5 kecha Toshkent - Samarqand - Buxoro (2023)

1-kun

55132466_2

Toshkent

  • Toshkentga uchib kelish.
  • Ism yozilgan belgi bilan kutib olish, transfer va mehmonxonada joylashtirish.
  • Bo’sh vaqt. 
  • Mehmonxonada tunash
55132466_2

2-kun. Toshkent

Mehmonxonada nonushta.

Toshkent bo’ylab ekskursiya dasturi:

Hasti Imom (Hazrati Imom) majmuasiga tashrif:

  • Barakxon madrasasi va Tilla-Shayx masjidi - mashhur Usmon Qur'oni (Mushafi Usmon) va Muhammad payg'ambarning oltin sochlari saqlanish joyi.
  • Xo’ja Ahror Valiy jome masjidi.
  • O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeyi.
  • Chorsu bozori.
  • Koʻkaldosh madrasasi.
  • Shayx Abdulqosim Eshon madrasasi.
  • Mustaqillik maydoni.
  • Alisher Navoiy Opera va balet teatri.
  • Amir Temur maydoni.
  • Ikkinchi jahon urushi davri parovoz qurilishi, poezd va parovozlar muzeyiga tashrif.
  • Bo'sh vaqt.
  • Mehmonxonada tunash
screenshot_1

3- kun. Toshkent – ​​Samarqand (Afrosiyob ertalabki poyezd)

  • Mehmonxonada nonushta.
  • Samarqandga poezdda boorish, jadval va joylar mavjudliga bog’liq.
  • 14:00da mehmonxonada joylashish.

Samarqand bo'ylab ekskursiya:

  • ​​​​Goʻri Amir maqbarasi — Amir Temur maqbarasi (14—15-asrlar) — Amir Temur, uning oʻgʻillari va nabiralari dafn etilgan joy.
  • Registon maydoni Markaziy Osiyoning shaharsozlik sanʼatining yorqin namunalaridan biri boʻlib, XVII asrda kelib to’liq shakllangan va uchta madrasa, ya’ni Ulugʻbek (1417-1420), Sher-Dor (1619-1636) va Tilla Qori (1647-1660) madrasalridan iborat. Bu dargohda Samarqandning ming yillik tarixi “sahifalarini varaqlash” mumkin.
  • Bibixonim jome masjidi Markaziy Osiyoning eng yirik va butun Islom olamidagi eng katta masjidlardan biridir.
  • Shohi-Zinda meʼmoriy majmuasi (11—15-asrlar) podshohlar va zodagonlar dafn etilgan joy. Ammo nekropol boshlanadigan asosiy maqbara Muhammad payg'ambarning amakivachchasi Qusam Ibn Abbosning tahminiy qabri hisoblanadi. Shohi-Zinda forschada “titik shoh” ma’nosini bildirib, qariyb ming yildan beri bu nom xalq orasida ishlatilib kelmoqda.
  • Bo’sh vaqt.
  • Mehmonxonada tunash.
55315247_2

4-kun. Samarqand.

  • Mehmonxonada nonushta.
  • ​​Siyob bozoriga ertalabki tashrif – bu bozor Samarqandning eng yirik bozoridir. Mirzo Ulug’bek rasadxonasi (15-asr). Ulug‘bekning ko’plab ilmiy asarlari va yulduz jismlari jadvallari ushbu Samarqandda barpo etilgan noyob rasadxona tufayli yaratilgan. Asosiy statsionar asbob diametri 48 metrni tashkil etuvchi  silindrsimon bino ichiga joylashtirilgan ulkan kvadrant edi (poydevor qoldiqlari, aniqrog'i, undan saqlanib qolgan xandaklar arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan).
  • Doniyor payg'ambar maqbarasini ziyorat qilish. Doniyor payg'ambar har uch jahon dinlari (Islom, Iudaizm va Xristianlik) tomonidan hurmat qilinadi. Bu zot yahudiylikdagi to'rtta buyuk payg'ambarlardan biri, kitobi Xristian Injilining Eski Ahdiga kiritilgan payg'ambar va Islom dini an'anasining payg'ambaridir. Bizga yetib kelgan rivoyatda ko’ra, Amir Temur Doniyor payg’ambar qoldiqlarining bir qismini, ya'ni uning qo'lini, Samarqandga olib keltigan.
  • “Meros” fabrikasiga tashrif. Bu yerda mashhur ipak qog'ozini an’anaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilishi bilan tanishasiz.
  • Bo’sh vaqt.
  • Mehmonxonada tunash.
55315247_2

5-kun. Samarqand – Buxoro (Afrosiyob ertalabki poyezd)

  • Mehmonxonada nonushta.
  • Buxoroga poezdda boorish, jadval va bo’sh joylar/o’rindiqlar mavjudligiga bog’liq.
  • Buxoro bo'ylab ekskursiya: Ark qal'asi - shahar ichidagi shahar (miloddan avvalgi 4-asrga mansub), Boloyi Hovuz masjidi (1712). Muqaddas Buxoroning diniy yuragi boʻlmish Poi-Kalon (buyuk poydevor) meʼmoriy majmuasi (12-16 asrlar) Kalon minorasi, Kalon masjidi va Miri Arab madrasasidan iborat. Ulugʻbek madrasasi (1417-1422), Nodir devonbegi madrasasi (1642-1645), Abdulazizxon madrasasi (1652), Mag’oki-Attori masjidi (10-16-asrlar), Labi Hovuz ansambli (14-17-asrlar), Qoʻshmadrasa ansambli bir birining qarama-qarshisida joylashgan Madori-Abdullaxon (Abdullaxonning onasi) va Abdullaxon madrasalaridan iborat.
  • Somoniylar maqbarasi (9-asr oxiri — 10-asr boshlaridagi Somoniylar sulolasi vakillarining qabrgohi).
  • Chashmai Ayub (Ayub bulog‘i) maqbarasi (1208-1209, 1379), Chorminor (to‘rt minora) masjidi (1807).
  • Bo’sh vaqt.
  • Mehmonxonada tunash
55315247_2

6-kun. Buxoro - Toshkent

Toshkentga uchish uchun Buxoro aeroportiga transfer.
Toshkentga kelganingizdan so'ng dasturni o'z xohishingizga ko'ra uzaytirishingiz mumkin.

Mehmonxonaga kirish soat 14:00dan so’ng, chiqish soat 12:00gacha amalga oshiriladi
Barcha ertaroq / kechroq kelish / chiqib ketish uchun joyida mehmonxona ma’muriyatiga to’lov qilinadi.

USHBU RAQAMGA QO’NG’IROQ QILING
MANZILIMIZ
O’zbekiston, Toshkent,
Sirg’ali tumani,
Yangi Sirg’ali ko’chasi, 1
/
4
/
4
On-layn buyurtma
Ariza qoldirish uchun kontakt maʼlumotlaringizni toʻldiring
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо!
Форма отправлена
Оставить заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста, заполните свои контактные данные
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Спасибо! Форма отправлена